Britaniyaning yangi monarxi Charlz III ning toj kiyish marosimi 2023-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tadi. Bukingem saroyiga tayanib, Meduza xabar berdi.
“Bukingem saroyi shoh hazratlarining toj kiyish marosimi 2023-yil 6-may shanba kuni bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, — deyiladi qirollik qarorgohi bayonotida.
Marosim Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi va uni Kenterberi arxiyepiskopi boshqaradi.
Charlz III bilan birgalikda uning rafiqasi Kamillaga ham qirolning turmush o‘rtog‘i sifatida rasman toj kiydiriladi.