Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya so‘nggi kunlarda amalga oshirgan raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashg‘ulotlariga adolatli javob deb atadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR Tashqi ishlar vazirligi AQSH va uning ayrim ittifoqchilarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida raketa uchirish mavzusini ko‘tarishga urinishlarini keskin qoralagan.

KXDR TIVning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda so‘nggi 14 kun ichida uchirilgan raketalar “Koreya xalq armiyasining adolatli javob chorasidir”. Vazirlik shuningdek, AQSH va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarimorolidagi keskinlikni oshirmoqda, deb hisoblaydi.

Shimoliy Koreya o‘tgan hafta Yapon dengiziga to‘rtta ballistik raketa uchirgan edi. 4-oktabr kuni esa mamlakat Yaponiya tomonga raketa uchirdi. 6-oktabr kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon yana ikkita raketa uchirdi. Bu AQSH va Janubiy Koreya yirik harbiy mashg‘ulotlar olib borayotgan paytda yuz berdi. Vashington KXDRning raketa uchirishlari sabab BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)