Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dharmendra 1958-yilda Mumbayga ilk bor Filmfare iste’dodlar tanlovida qatnashish uchun kelgan. Uning tashqi ko‘rinishi darhol prodyuser Arjun Xingoranining e’tiborini tortdi. Albatta, kelajakda uni 55 yillik muvaffaqiyatli karyera kutib turardi. Bugungi kungacha Dharmendra Bollivudga qadam qo‘ygan eng ko‘rkam yigit sifatida tanilgan. Qolvaersa, o‘tgan asrning 70-yillarda u Shon Konneri va Pol Nyuman singari dunyodagi eng kelishgan erkaklardan biri hisoblangan, deb yozadi Bollywoodtime.

Foto: Bollywoodtime

U o‘z faoliyatini 1960-yilda Shammi Kapur va Rajendra Kumar sahnada porlagan vaqtlarda boshlagan. 10 yildan keyin u Rajesh Xanna fenomeni soyasida ishlashga majbur bo‘ldi. Keyinroq mahoratli Amitabh Bachchan paydo bo‘ldi. Dharmendra ommaviy axborot vositalari va tanqidchilarning e’tiboriga sazovor bo‘lmasa-da, Bollivuddagi yetakchi prodyuserlarining sevimlisiga aylandi.

Foto: Bollywoodtime

U “kelishgan yulduz” laqabini oldi, chunki uning filmlari qanchalik oddiy bo‘lmasin, ijodkorlarga katta pul olib keldi. Faoliyatini romantik rollar bilan boshlagan Dharam 80-90-yillarda jangovar yulduzga aylandi. U 50 yoshdan keyin ham muvaffaqiyatli bosh rollarni ijro etdi va bu ko‘p jihatdan uning xarizmasi bilan bog‘liq. Hozirda aktyor 80 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, hamon unga sodiq muxlislar bor.

Foto: Bollywoodtime

Yarim asrlik faoliyati davomida Dharmendra tomoshabinlarga 300 dan ortiq filmlarni taqdim etdi. 60-yillar “Mahbus”, “Hayot yo‘li”, “Gul va tosh”, “Haqiqat” nomili unutilmas loyihalari bilan ajralib turdi. 70-yillar “Zita va Gita”, “Qasos va qonun”, “Muhabbatning abadiy ertagi” bilan esda qoldi. Uning ko‘plab filmlari kumush, oltin va platina yubileylarini nishonladi.

Foto: Bollywoodtime

Aktyor sifatida Dharmendra faoliyati davomida o‘sib bordi. U aktyorlikni uyatchang yigit sifatida boshlagan. Arjun Xingoranidan yosh va tajribasiz Dxaram ekranda yaxshiroq ko‘rinish uchun sahnalarni bir necha marta qayta suratga olishni so‘raganini eslaydi. Ammo 70-yillarga kelib Dxaramda o‘ziga nisbatan mustahkam ishonch paydo bo‘ldi va u keyin kadrda qanday ko‘rinishiga ahamiyat bermadi. U ko‘plab filmlarning qalbi va hind kino sanoatidagi eng do‘stona aktyorlardan biri edi. Uning partnyorlaridan Sharmila Tagor, Rekha, Amitabh Bachchan, Jaya Bachchan va Moushumi Chatterji ham o‘z intervyularida aktyorni shunday ta’riflagan.

Foto: Bollywoodtime

Dharmendra sinov uchun Mumbayga kelishidan to‘rt yil oldin turmush qurgandi. O‘sha paytda u allaqachon Vidjet ismli qizining otasi bo‘lgan, uning sharafiga u o‘zining prodyuserlik kompaniyasiga Vijayta Films deb nom berdi. Qolaversa, Sanni taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ajay ismli o‘g‘li ham bor edi.

Foto: Bollywoodtime

Dharmendraning muvaffaqiyati uning butun Sanehval oilasiga yaxshi va farovon hayotda yashash imkoniyatini berdi. U ota-onasini Mumbayga ko‘chirib keldi va ukasi Ajitni o‘ziga yordamchi qilib oldi. 1980-yilda Dxaram birinchi xotini Prakash bilan ajrashmasdan aktrisa Hema Maliniga uylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki rafiqasi bilan ham turmushni saqlab qolish uchun Islomni qabul qilgan va buning uchun tanqidga uchragan. Biroq Deollar oilasida yana ikkita qiz — Esha va Ohana dunyoga keldi.

Dharmenda va uning o‘g‘illari Sanni hamda Bobbi

Dharmenda va uning o‘g‘illari Sanni hamda Bobbi
Foto: Bollywoodtime

Ha, o‘sha vaqtda ayollar Rajesh Xannaga qon bilan xat yozishgan. Ammo Dharmendra Bollivud xonimlarining hurmatiga sazovor bo‘lgandi. U madaniyati va  muloyim odobi bilan qalblarni zabt etdi. Bunga Hema Malinining ham yuragi dosh bera olmadi. Garchi aktyorning e’tirofiga ko‘ra, Hema uni son-sanoqsiz marta rad etgan bo‘lsa ham taslim bo‘lmadi.

Foto: Bollywoodtime

Dharmendra shu qadar kuchli romantik auraga ega ediki, u Amrita Singx, Dimpl Kapadiya, Sonu Valiya, Sonam, Punam Dillon va Rati Agnixotri kabi aktrisalar bilan filmlarda ajoyib juftlik sifatida rol ijro etgan.

Foto: Bollywoodtime

Dharmendra nafaqat kelishgan aktyor, balki aqlbovar qilmaydigan hazilkash inson ham. U odamlarni qanday qilib kuldirishni biladi. Balki shuning uchun ham 86 yoshida ruhan tetiklik va hushyorlikni saqlab qolgandir.

Foto: Bollywoodtime

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi