Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi va Isroil vakillari so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta oliy darajadagi muzokaralarni olib bordi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Europian Union

Foto: Europian Union

Yevropa Ittifoqi 2012-yildan beri Isroil bilan birinchi “Assotsiatsiya kengashi” yig‘ilishini o‘tkazdi. Ittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Isroil bosh vaziri Yair Lapidning BMT Bosh assambleyasidagi nutqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, unda Isroil rahbari “ikki xalq uchun ikki davlat asosida falastinliklar bilan kelishishga chaqirgan”.

“Biz o‘zaro xavotirimizga sabab bo‘layotgan ayrim masalalarni ochiq muhokama qilamiz. Men Falastin hududlaridagi vaziyat hamda hozirda to‘xtab qolgan Yaqin Sharq tinchlik jarayoni haqida gapiryapman”, — degan YI bosh diplomati uchrashuv boshida.

Borrel BMTning Falastin hududlaridagi vaziyat haqidagi hisoboti tashvishli ekanini aytdi. Hisobotga ko‘ra, bu yil halok bo‘lgan falastinliklar soni 2007-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.

Shuningdek, Isroil va YI Eron bilan 2015-yilda imzolangan yadroviy kelishuvni qayta tiklashga urinishlar bo‘yicha turli fikrda ekani qayd etildi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Isroil bosh vaziri Yair Lapid 2008-yildan beri ilk bor BMT Bosh assambleyasi doirasida muzokara o‘tkazgan edi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?