Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish, shuningdek, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 27-sentabrdan Urganch—Farg‘ona—Urganch yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasi 28-sentabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aviakompaniyaning Airbus A320 rusumli havo kemasi Urganchdan Farg‘onaga 54 nafar yo‘lovchini olib keldi.

Qayd etilishicha, aviareyslar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20

Farg‘onaga yetib borish: 11:10

Farg‘onadan jo‘nab ketish: 12:00

Urganchga yetib borish: 13:40

Urganch—Farg‘ona yo‘nalishidagi chiptalar narxi 314 702 so‘mdan, Urganch—Farg‘ona—Urganch yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 596 849 so‘mdan boshlanadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, 2022-yil 30-sentabrdan boshlab Samarqand—Farg‘ona —Samarqand yo‘nalishida aviaqatnovlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishdagi doimiy parvozlar haftaning har juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqand—Farg‘ona yo‘nalishidagi chiptalar narxi 227 888 so‘mdan, Samarqand—Farg‘ona—Samarqand yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?