Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.

Foto: Ziyouz

Foto: Ziyouz

Jamol Kamol 1938-yil 26-aprelida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1959-yilda Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.

1970—1972-yillarda Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib, 1972—1986-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1986—1988-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir, 1991—1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lib ishlagan.

Lirik she’r tuzilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan Jamol Kamol 1992-yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvonini olgan.

Uning she’rlari rus, ingliz, fransuz, polyak, ukrain, turk, ozarbayjon, tojik va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Shekspirning “Hamlet”, “Otello”, “Antoniy va Kleopatra”, “Qish ertagi”, “Venetsiya savdogari”, “Qirol Genrix IV”, “Makbet” kabi o‘ndan ortiq jahon adabiyoti namunalarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop ettirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda