Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namanganda 16 yoshli bola bir kunda ikki mashinani olib qochgani aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti matbuot xizmati

Foto: IIV Tergov departamenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 8-sentabr kuni soat 01:00 larda Chust tumanida yashovchi 33 yoshli B.D. IIB navbatchilik qisimga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni soat 00:30 da uning Matiz’ini uyi oldidan noma’lum shaxs olib qochib ketganini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni shu tumanda yashovchi 16 yoshli A.A. sodir qilgani aniqlangan. U olib qochilgan Matiz’ni Namangan shahar Navoiy ko‘chasi hududiga tashlab, noma’lum tomonga qochib ketgan.

Tegishli choralar natijasida voyaga yetmagan A.A.ni Chust tumani markazida “Jiguli”ni boshqarib yurganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ushbu avtomashina kimga tegishliligiga aniqlik kiritilganda, bola Matiz’ni olib qochgan kuni uni tashlab, soat 08:00 larda tumandagi boshqa mahalladagi uy oldidan eshigi ochiqligi va kaliti o‘zida ekanligidan foydalanib olib qochgani aniqlangan

Foto: IIV Tergov departamenti matbuot xizmati

Foto: IIV Tergov departamenti matbuot xizmati

Shu kunni o‘zida voyaga yetmagan A.A Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “a” bandida (transport vositasini olib qochishni takroran sodir etish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Farg‘onada o‘zganing yuk mashinasini olib qochgan shaxs 15 yilgacha qamalishi mumkin

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi