Binoni loyihalashtirish va bunyod etishda ustuvor ahamiyat insonlar muhofazasi va xavfsizligiga beriladi.
Bunda, olovga chidamlilik kabi ko‘rsatkichga alohida e’tibor qaratish zarur. Alanganing qurilish materiallariga ta’sirini tadqiq qilish mahsulotning qurilish mollari bozoriga chiqishidan oldingi eng muhim jihatlardan biri.
Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yettita Yevro-toifa mavjud — A1, A2, V, S, O, E va P.
A1 va A2 toifalariga kiritilgan mahsulotlar yonuvchan emas (masalan: sement, beton, minerallar, shisha, shisha tolasi, toshpaxta, chinni va hk.), V dan F gacha sertifikatlangan materiallar esa o‘sish tartibida yonishi mumkin.
Har qanday materialning yong‘in xavfsizligi to‘rt tarkibiy qismda namoyon bo‘ladi:
- Alanga olishi – qaysi sharoitda material yonishni boshlashi mumkin;
- Yonuvchanlik – u qaysi sharoitda yonishda davom etishi mumkin;
- Tutashi – yong‘inlar vaqtida insonlar ko‘pincha aynan tutundan vafot etadilar;
- Zaharliligi – yonish jarayonida o‘zidan toksik moddalarni ajratish yana bir katta ziyon keltiruvchi omil.
AKFA yonmaydigan alyumin kompozit panellari o‘z samaradorligini tasdiqlab, “Xavfsizlik va sifat” ko‘ngilli sertifikatsiya tizimida (Rossiya) G1 tasnifi bo‘yicha hamda Sinovlar va sertifikatsiya institutida (INSTITUT PRO TESTOVÁNÍ A CERTIFIKACI) barcha sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tib, natijalarga ko‘ra mahsulotga A2 yonmaslik (olov bilan to‘qnashganda yonmaslik) toifasi berildi. Shuningdek, mahsulot “O‘zStandart” agentligining muvofiqlik sertifikatiga ega.
AKFA yonmaydigan alyumin kompozit panellarining ishlab chiqarilishi asosida patentlangan mineral to‘ldirgich qo‘llanilib, u poliyetilen to‘ldirgichdan farqli ravishda, olovga chidamlilikning yuqoriroq ko‘rsatkichiga ega. O‘rta qatlam to‘ldirgichining o‘ziga xos kimyoviy tarkibi esa panelning avtomatik yonib ketishini istisno qiladi va tutun hosil bo‘lishi darajasini salmoqli pasaytiradi.
AKFA alyumin kompozit panellari o‘zining mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi, amaliy jihatdan qulayligi bilan bozorda ishonch qozongan, ular har qanday fasadga zamonaviy qiyofa baxsh etish imkonini beradi, tez va oson o‘rnatiladi, hamyonbopligi bilan ajralib turadi.
AKFA yonmaydigan alyumin kompozit panellari analoglaridan qator sabablarga ko‘ra ijobiy ajralib turadi:
- Hech qanday iqlim yoki kimyoviy ta’sirlar panellar strukturasini o‘n yilliklar davomida o‘zgartira olmaydi;
- Qattiq shamol va kimyoviy ta’sirlar, ultrabinafsha nurlari yoki harorat keskin o‘zgarishidan himoya;
- Baland va sanoat binolari, shuningdek, maxsus maqsadli inshootlar uchun a’lo yechim;
- Harorat keskin o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan deformatsiyasiz, yuzaning mukammal va silliq tekisligi;
- Sertifikatlangan polimer qoplama fasadingiz yuzasini ancha vaqtga korroziya va zanglashdan himoya qilishga qodir.
Barcha savollar yuzasidan biz bilan o‘zingizga qulay bo‘lgan usulda bog‘lanishingiz mumkin:
Call-markaz: +998 71 203-00-00
Sayt: www.akfagroup.com
Instagram: instagram.com/akfa_build/
Facebook: facebook.com/AkfaUz
Reklama huquqi asosida.