8-sentabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafot etgani haqidagi xabar butun dunyoni qayg‘uga soldi. Londondagi Bukingem qasri atrofiga minglab odamlar qo‘llarida gullar bilan yig‘ila boshladi, mamlakat esa qirolichani xotirlab, motamga cho‘mdi, deb yozadi Peopletalk.
Qayd etilishicha, Londonda yomg‘ir quya boshlaganiga qaramay, hech kim qasr atrofini tark etmagan. Odamlar qasr darvozalari oldida to‘planib, bir ovozdan Buyuk Britaniya madhiyasini “God Save The Queen” (Xudo qirolichani asra) misralari bilan kuylamoqda.
8-sentabr kuni 70 yildan ortiq davom etgan davr nihoyasiga yetdi. “Sizning oldingizda ma’lum qilamanki, butun hayotim, u qisqa yoki uzun bo‘lsin, u sizga va bizning buyuk imperiyamizga xizmat qilishga bag‘ishlanadi”, — degan edi Yelizaveta II 21 yoshga to‘lgan kuni.4 yildan so‘ng esa u mamlakatni boshqarish va Britaniya tarixidagi eng keksa monarx bo‘lish uchun taxtga o‘tirgan edi.
Quyida qirolichaning moda tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur obrazlari keltiriladi.
Mavzuga doir: