Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining 70 ming yevrolik soati o‘g‘irlab ketilgan, deya xabar beradi Mundo Deportivo.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Voqea 18-avgust kuni “Barselona” bazasi yaqinida yuz bergan. Polshalik futbolchi mashg‘ulotlarga ketayotgan vaqtda, bazaning aylanma yo‘lida muxlislar uni kutib turgan. Guvohlardan birining ta’kidlashicha, o‘g‘ri telefonni o‘g‘irlamoqchi bo‘lib, avtomobilning eshigini ochgan.

O‘g‘rilik Levandovski uch nafar muxlisiga dastxat qo‘yib berish uchun mashina oynalarini tushirgan vaqtga sodir bo‘lgan, deya xabar beradi TV3 telekanali politsiyadagi manbalariga tayanib. Bu paytda to‘rtinchi kishi ichkariga otilib, qiymati 70 ming yevrolik Patek Phillippe soatini olib qochgan.

Levandovski o‘g‘rini ushlab, soatni qaytarmoqchi bo‘lgan, biroq u qochishga ulgurgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Politsiya o‘g‘rini ushlashga yordam bergan. Jinoyatchi o‘z aybini tan olgandan so‘ng, politsiya soatni futbolchiga qaytargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi