Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

G‘ayrioddiy sevgi hikoyasi bilan mashhur bo‘lgan taniqli siyosiy arboblar haqida ma’lumot beramiz.

Mitch Makkonnell va Eleyn Chao

Yosh farqi: 11 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kentukki senatori Mitch Makkonnel va uning rafiqasi o‘rtasidagi yosh farqi o‘n bir yil. Juftlikning ikkalasi ham siyosatchi. Asli tayvanlik bo‘lgan Eleyn Chao 2017-yildan 2021-yil boshigacha Donald Tramp ma’muriyati davrida AQShning sobiq transport vaziri bo‘lgan. Hozir Eleyn 68, Mitch 79 yoshda. Makkonnel va Chao do‘stlari Styuart Blox tashkil qilgan uchrashuvda tanishadi va 1993-yilda Ronald Reyganning tug‘ilgan kunida turmush qurishadi.

Nikolya Sarkozi va Karla Bruni-Sarkozi

Yosh farqi: 13 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sobiq supermodel va qo‘shiqchi Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti bilan 2007-yil noyabr oyida o‘zaro do‘stlar ziyofatida tanishadi. Juftlikning munosabati bir zumda ovoza bo‘ladi va tez orada matbuot Parijdagi Disneylenddagi sevishganlarning fotosuratlarini nashr etadi. Ularning yashirin to‘yi tanishganlaridan atigi 11 hafta o‘tgach — 2008-yil fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Er-xotin ishonch va qo‘llab-quvvatlashga to‘la uyg‘un munosabatlarni mustahkamlashadi, besh tilni biladigan sobiq model esa eriga rasmiy vazifalarni bajarishda yordam beradi. Nikolay va Karlaning birinchi farzandi Yelisey saroyida tug‘iladi. Sarkozi korrupsiya va ta’sir o‘tkazishda ayblanganda ham rafiqasi eri tomonda edi — hatto qamoq jazosi ham er-xotinni ajrata olmaydi.

Mishel va Marsela Temer

Yosh farqi: 42 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Temer — asli kelib chiqishi livanlik bo‘lgan Braziliyaning ikkinchi prezidenti. U 2016-yildan 2019-yilgacha o‘zidan oldingi prezident Dilma Russeff impichment orqali hokimiyatdan chetlashtirilgach, mamlakat prezidenti bo‘lgan. Marsela uning ikkinchi xotini, sobiq go‘zallik malikasi. Tedeski xonim Mishel Temer bilan 19 yoshida tanishgan, o‘shanda erkak 60 yoshda edi. Ular 2003-yilda turmush qurgan — munosabatlariga 42 yosh farqi hech qanday to‘siq bo‘lmagan. Hozirda er-xotinning Mishel ismli o‘g‘li bor.

Jo va Jill Bayden

Yosh farqi: 9 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ular tanishishganda bo‘lajak prezident 33 yoshli AQSH senatori, bo‘lajak birinchi xonim esa 24 yoshli universitet bitiruvchisi edi. Ikkalasi ham avval turmush qurgan. Baydenning rafiqasi va qizi 1972-yilda avtohalokatda vafot etadi va u ikki o‘g‘li bilan yolg‘iz qoladi. Bu paytda Jill ham eri bilan ajrashgandi. Biroq u qo‘li va yuragi uchun yangi da’vogarga turmushga chiqishga shoshilmaydi. Bayden xonim 2016-yilda Vogue jurnaliga bergan intervyusida shunday deydi:

Men bitiruvchi edim: jinsi shim, bluzka va sabo kiygan yigitlar bilan uchrashardim. Jo esa uchrashuvga sport kurtkasi va mokasinada kelganda men: “Ey Xudo, men hech qachon unga turmushga chiqmayman”, dedim. Yana kamiga mendan to‘qqiz yosh katta edi! Ammo “Erkak va ayol” filmini ko‘rgani Filadelfiyadagi kinoteatrga borganimizda biz tezda til topishib ketdik. Uyga qaytganimizda... u qo‘limni ushladi va xayrli tun tiladi. Men xonamga kirib yarim kechasi bo‘lishiga qaramay onamga qo‘ng‘iroq qildim va: “Oyi, men nihoyat haqiqiy jentlmenni uchratdim”, dedim.
Er-xotin 1977-yilda turmush qurishgan va 44 yildan beri birga.

Gerxard Shreder va Kim So Yon

Yosh farqi: 48 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Germaniyaning sobiq kansleri besh marta oila qurgan. Rafiqalari ichida u nemis jurnalisti va yozuvchisi Doris Shreder-Kopf bilan eng ko‘p — 20 yilga yaqin birga yashagan va hatto Sankt-Peterburgdagi bolalar uyidan ikki nafar bolani asrab olishgan. Biroq juftlik oxir-oqibat ajralishadi va 2018-yilda Seulda Gerxard o‘zidan 48 yosh kichik Kim So Yon ismli koreys tarjimoniga uylanadi. Shreder jahon chempionatida yangi rafiqasini Rossiya prezidentiga g‘urur bilan tanishtirgan.

Donald va Melaniya Tramp

Yosh farqi: 24 yil

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bo‘lajak prezident va birinchi xonim 1998-yil sentabr oyida moda haftaligida Times Square tungi klubidagi ziyofatda tanishadi. Aytishlaricha, o‘sha paytda tadbirkor boshqa xonim bilan munosabatda bo‘lgan, ammo bu fakt uni o‘zidan 24 yosh kichik model Melaniya Knaussga sevgi izhor qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Juftlik 2005-yilda turmush quradi. Melaniya uchun u birinchi, Donald uchun esa uchinchi turmushi edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi