Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Konstitutsiyaning 53-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihaning ahamiyati va bu o‘zgartirish xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligini yanada mustahkamlashi haqida xonanda Dilfuza Ismoilova o‘z munosabatini bildirdi.

“Hammamiz guvoh bo‘lyapmizki, yurtimizda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi shuki, bu ochiq-oydin xalq bilan maslahatlashgan holda bajarilmoqda. Buni xalqimiz uchun juda ham katta yangilik deb bilaman. Shuning uchun xohlagan odam o‘z taklifini bermoqda. Bu quvonarli holat, chunki odamlar o‘z kelajagiga befarq bo‘lmayapti. Men ham o‘z taklifimni bildirmoqchiman.

Konstitutsiyada ‘Uy-joyga, shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazish faqat qonunda belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilishi belgilanishi darkor’, deyilmoqda. Juda to‘g‘ri, ochiq va oqilona taklif. Umuman, har bir inson mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish va uni tintuv qilish mumkin emas. Shu qoida konstitutsiyada belgilanib qo‘yilgan bo‘lsa, bu davlatning yana bir eng asosiy kafolatiga aylanadi. Mana, yurtimizdagi konstitutsiyaga qanday yaxshi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu biz fuqarolar uchun, bizning kelajagimiz uchun. Ilohim, yurtimizda tinchlik bo‘lsin, sog‘liq-salomatlik bo‘lsin, yurtimiz aholisi uchun shunaqa yangi, zo‘r qonunlar amalga kiritilmoqchi, men o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.

Eslatib o‘tamiz, konstitutsiyaga yangi 531-modda qo‘shiladi:

  • Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga doir: “Hozir muammolarimizni hal qiladigan davr”. Ozoda Nursaidova 3 yil avval uyi buzilganidan aziyat chekkani hamda konstitutsiyaning tegishli moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirish haqida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?