Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya sanoat vazirining prognoziga ko‘ra, mamlakatning ruxsat etilmagan import oqimini ushlab turishga qaratilgan harakatlari faqat cheklangan muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Rossiya Ukrainadagi urushdan keyin xorijiy kompaniyalarning tark etishiga va tanqislikka sabab bo‘layotgan xalqaro sanksiyalarni yengishga harakat qilmoqda.

Mamlakat Bosh vazirining o‘rinbosari Denis Manturovga ko‘ra, hukumat may oyida kompaniyalarga ichki bozor uchun mahsulot olib kirishga ruxsat berganidan so‘ng, parallel import sifatida tanilgan qora bozor savdosi qariyb 6,5 mlrd dollarga yetgan.

Bunda olib kiriladigan mahsulotlarning qalbaki bo‘lish ehtimoli ko‘payadi.

Bu Rossiya ba’zi muhim statistik ma’lumotlarni, shu jumladan import va eksportning batafsil taqsimotini e’lon qilishni to‘xtatganidan keyingi iqtisodiyotning noyob ko‘rinishidir.

Tovar belgilari to‘g‘risidagi qonunlardan ozod qilingan xorijiy tovarlarni mamlakatga olib kirishdagi erishilgan natijalar iyun oyida baholangan.

Unga ko‘ra, 2 mlrd dollarga yaqin parallel import mahsulotlari bozorlarga olib kirilgani taxmin qilinmoqda.

Joriy yil oxirigacha ularning qiymati 16 mlrd dollarga yetishi mumkin, — dedi savdo va sanoat uchun mas’ul Manturov.

Ushbu ssenariyga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Rossiya o‘tgan yili import qilgan tovarlarning atigi 4 foiziga teng bo‘ladi.

Rossiya ko‘p yillar davomida o‘z iqtisodiyotini mustaqil qilish maqsadida chet el brendlarining import o‘rnini bosishga intildi, ammo unchalik muvaffaqiyatga erishmadi.

Avvalroq Rossiya urushi mamlakat iqtisodiyotini to‘rt yil avvalgi darajaga tushirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi