O‘zbekistonga yilning dastlabki 6 oyida 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilindi. Bu bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumoti e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan qiymati 7,7 million dollarga teng bo‘lgan 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Baliq va dengiz mahsulotlari importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan. 2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
- Rossiya — 2,2 ming tonna;
- Vyetnam — 802 tonna;
- Qozog‘iston — 415 tonna;
- Litva — 302,5 tonna;
- Norvegiya — 301 tonna;
- Latviya — 19,5 tonna;
- AQSH — 19 tonna;
- Xitoy — 12,5 tonna;
- Fransiya — 4,2 tonna.