2022-yilda eng yaxshi aktrisa sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan amerikalik Jessika Chesteyn Ukrainaga tashrif bilan keldi, deb yozadi “360tv”. Gollivud yulduzi Kiyevgacha poyezdda yetib kelgan.
Dastlab u “Oxmadit” bolalar kasalxonasiga borib, shifokorlar bilan suhbatlashgan va bemor bolalarga sovg‘alar tarqatgan.
So‘ng Chesteyn Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazgan. Mamlakat rahbari aktrisa bilan uchrashuv suratlarini o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan.
Shuningdek, Gollivud yulduzi bir kunlik tashrifi doirasida Irpenga borishni va prezident ofisi rahbari Andrey Yermak bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Ukraina prezidenti bunday tashriflar mamlakat uchun juda qimmatli ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashhur odamlarning Ukrainaga tashrifidan keyin “dunyo bu mamlakatda nimalar bo‘layotgani borasidagi haqiqatni eshitib, bilib, tushuna boshlaydi”.
Bu amerikalik aktyorlarning Ukrainaga birinchi marta kelishi emas. BMT yaxshi niyat elchisi maqomiga ega bo‘lgan Anjelina Joli aprel oxirida Lvovga kelgan edi.
Shuningdek, aktyor Ben Stiller ham BMT elchisi sifatida Lvovga tashrif buyurgandi. U Polshaning Jeshuv shahriga qochqinlar uchun gumanitar yordamni yetkazib, so‘ng Ukrainaga borgan.
Mavzuga doir:
- “Xayolim ayollar va bolalarda”. Gollivud yulduzi Penelopa Krus ukrainaliklarni ko‘zda yosh bilan qo‘llab-quvvatladi
- “Millionlab odamlar xavf ostida”. Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett Ukrainadagi urush haqida videomurojaat yo‘lladi
- Devid va Viktoriya Bekhem ukrainalik bolalarga yordam berish uchun xayriya aksiyasini boshladi
- Gollivud aktrisasi Mila Kunis ukrainaliklarga 30 million dollar pul yig‘ib berishga qaror qildi (video)
- Amerikalik aktyor Shon Penn Ukrainani piyoda tark etdi