Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida 8-avgust kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida kuni kecha Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, prezident topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzatilla Bozorov lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.