Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birkoin avgust oyini pasayish bilan boshlagan edi. Bugun, 8-avgust kuni bitkoin oy davomida ilk bor 24 ming dollardan yuqoriladi. Bu haqda “Daryo”ga kriptobirjadan ma’lum bo‘ldi.
30-iyul kuni bitkoin bir yarim oylik eng yuqori darajaga chiqqan edi — 24 593 dollar. Bu 13-iyundan beri eng yaxshi ko‘rsatkich.
Dushanba, 1-avgust kuni bitkoin 23 263 dollargacha arzonlashdi. Kriptovalyutaning iyul oyida 27 foizga oshgani oktabrdan beri eng yaxshi oy bo‘lganini anglatadi.
8-avgsutga kelib bitkoin 24,2 ming dollardan ham yuqoriladi.
Tahlilchilar avgust oyida bitkoin narxi o‘zgaruvchan holatda bo‘lishini prognoz qilmoqda.
Bitkoin iyun va iyul oylarida AQSHda asosiy stavkaning oshishi, inflyatsiya va kriptovalyutalar bilan bog‘liq muammolar tufayli 20 ming dollardan pastga tushib ketgan edi.
CoinDesk portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 8-avgsut soat 19:00 ga kelib virtual valyutaning qiymati 24 174 dollar bo‘lib turibdi.
Bitkoinning bozor qiymati 461 mlrd dollarga yetdi. 2021-yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 68 ming dollargacha ko‘tarilgan edi.