“PSJ” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin.
Kataloniya klubi 35 yoshli hujumchining atrofidagilar bilan Messini 2023-yilda jamoaga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Catalunya Radio sport bo‘limi rahbari Xavi Kampos.
Manbaga ko‘ra, “Barselona”da bu transferni amalga oshirish uchun imkoniyat bor.
Avvalroq Xavi “Barselona” prezidenti Xoan Laportadan Messini ortga qaytarishni so‘ragani xabar qilingandi. Jurnalist Jerar Romero esa Messi ortda qolgan mavsum davomida Xavi bilan muloqotda bo‘lib turganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi va “Barselona” 2021-yilning yozida yangi bitim borasida kelishganiga qaramay, moliyaviy va tizimli to‘siqlar tufayli shartnoma imzolanmadi. Natijada argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safini tark etib, “PSJ”ga o‘tgandi.