Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Uch hatlab sakrash dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sharifa Davronova musobaqa oltin medaliga ega chiqdi. 15 yoshli sportchi 14,04 metr natija qayd etib, eng yaqin ta’qibchisini 66 santimetrga ortda qoldirgan.
Shuningdek, uning natijasi U-20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.