Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Samarqand viloyatida joylashgan “Maroqand neft bazasi” MCHJga qarashli Bulung‘ur filialida neft mahsulotlarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida o‘tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, “Maroqand neft bazasi” MCHJga qarashli Bulung‘ur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizatsiyasi o‘tkazilgan.

O‘rganishlar jarayonida Bulung‘ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21 milliard 494 million 700 ming so‘mlik neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilgan.

Xususan:

- AI-80 avtobenzinidan 18 milliard 340 million 4 ming so‘mlik 2 382,1 tonna;

- EKO markali dizel yoqilg‘isidan 75 million so‘mlik 4,7 tonna;

- TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1 milliard 752 million 1 ming so‘mlik 111,6 tonna;

- TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1 milliard 327 million so‘mlik 75,1 tonna.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi