Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksina saqlash omborxonalaridagi zaxiralar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksina saqlash omborxonalarida 9,2 million doza koronavirusga qarshi vaksinalar zaxirasi mavjud.
Shu kunga qadar mamlakatda jami 62 316 297 doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.