Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bank rahbari kredit olish niyatida borgan fuqarodan tirikligini isbotlovchi hujjat so‘ragani aytilmoqda. Bu haqda Telegram’dagi “Qitmir muxbir” kanalida xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Anvar Javharov Qarshi shahar prokurori, ikkinchi sektor rahbari taklifi bilan “Agrobank”ning Qarshi shahar bo‘limiga borib, kredit olish niyati borligini ma’lum qilgan.

Anvar Javharov.

Anvar Javharov.
Foto: Videodan skrinshot

“Barcha hujjatlarim to‘g‘ri ekan. Shu sabab boshliqning oldiga kiring, deyishdi. Kirsam, bank rahbari mendan barcha ma’lumotlarni so‘radi. Hujjatlarim to‘g‘riligini aytdi. Va ‘endi aka o‘zingizning tirikligingizni isbotlovchi ‘spravka’ olib keling, dedi. Bu gap mening miyamga chiqib ketdi. Men bilan gaplashib turgan rahbar mening tirikligimga ishonmay, buni isbotlovchi ‘spravka’ olib keling deyapti. Ayting-chi, menga mening tirikligimni isbotlovchi hujjatni kim beradi?”, — deydi videomurojaat qilgan murojaatchi.

“Daryo” muxbiri bilan bu haqda suhbatlashgan Markaziy bankning viloyat boshqarmasi mas’ullari fuqarodan shu mazmundagi ma’lumotnoma so‘ralganini tasdiqladi.

“Bankning kredit axborotlar bazasida bu inson ancha yil avval vafot etgani qayd qilingan bo‘lgan. Shu bois bank mas’uli undan tirikligini isbotlovchi hujjat so‘ragan bo‘lishi mumkin. Holat batafsil o‘rganiladi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan mas’ullardan biri.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da o‘zining tirikligini isbotlashga urinayotgan Anvar Javharov haqida maqola e’lon qilingandi. Maqolada rasman 1998-yilda “o‘lgan” qashqadaryolik adolat izlayotgani, tirikligini isbotlashga urinayotgani ma’lum qilingandi. Aynan shu fuqaro keyinchalik notarius hamda shahar prokurorini obro‘sizlantirish, ularga tuhmat qilganlikda ayblanib, sud qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda