O‘zbekistonda soliq xizmati organlari tomonidan budjetga tushirilgan tushumlar e’lon qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
2022-yilning birinchi yarmida budjetga 71 trln so‘mlik soliq tushumlari kelib tushgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 61,4 trln so‘m edi.
Joriy yilning yarmida 2021-yilning 6 oyiga nisbatan 15,7 foizlik o‘sish kuzatilgan.
Eng ko‘p soliq tushumlar olingan beshta hudud:
- Toshkent shahri — 9,9 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 2,4 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 2 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 1,9 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 1,7 trln so‘m.
Eng kam soliq tushumlari olingan hudud Sirdaryo bo‘lgan — 567 mlrd so‘m.
O‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan beshta hudud:
- Toshkent shahri — 43,5 foiz;
- Farg‘ona viloyati — 39,1 foiz;
- Samarqand viloyati — 36,1 foiz;
- Buxoro viloyati — 35,7 foiz;
- Surxondaryo viloyati — 34,1 foiz.
Avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlari “ishbilarmonroq” ekani ma’lum bo‘lgan edi.