2022-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,6 mln kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,9 foizga oshgan.
2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ortmoqda.
Taqqoslash uchun 2021-yilda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,9 ming kishiga teng bo‘lgan.
Aprelda yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foiz edi va doimiy aholi kuniga 1,8 mingga ko‘payayotgan edi.
O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 55,3 ming kishiga ko‘paygan.
Avvalroq O‘zbekistonda qancha kishi ishga muhtojligi aytilgan edi.