Kino olamida shunday mashhurlar borki, ular o‘z qahramonlarining taqdirini hayotida ham boshdan kechirgan. Quyida ular haqida ma’lumot beriladi.
Devid Duxovni
Devid Duxovni yetti yil davomida “Shafqatsiz kaliforniyalik” teleserialida rol ijro etgan, aktyorning qahramoni doimiy ravishda qizlarni o‘zgartiradi va spirtli ichimliklarni iste’mol qiladi. Aktyor ushbu rolga shunchalik o‘rganib qoldiki, natijada u ijrosini haqiqat bilan chalkashtira boshladi, ya’ni Duxovni turmush qurganidan keyin ham bu voqealarni hayotida davom ettirdi.
Xotini aktyorni ajrashish bilan qo‘rqitgandan keyin Devid ixtisoslashgan klinikada davolanishga qaror qilgan. Biroq bu ham unga yordam bermadi, aktyor shu voqealardan keyin ham o‘sha hayotini davom ettirdi. Natijada, Devidning xotini ajrashish uchun ariza berdi va 2014-yilda uydan ketdi. Shundan keyin Duxovni uchun halokatli bo‘lgan serialning suratga olish ishlari ham yakunlandi.
Liam Nison
Liam “Haqiqiy sevgi” nomli yangi yil melodramasida rol ijro etgan, unda uning qahramoni xotinini dafn qiladi va o‘g‘lini yolg‘iz tarbiyalashga majbur bo‘ladi. O‘sha paytda aktyor Natasha Richardson bilan baxtli hayot kechirardi va u bilan ikki o‘g‘ilni tarbiyalagan.
Biroq 2009-yilda aktyorning sevimli rafiqasi tog‘-chang‘i kurortida dam olayotganda boshidan jiddiy jarohat olgan va vafot etgan. Avvaliga aktyorning rafiqasi o‘zini yomon his qilmagan va kasalxonaga borishdan bosh tortgan. Biroq bir necha soatdan so‘ng u og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Natasha Richardson komaga tushganidan keyin shifokorlar unga yordam bera olmagan.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt 2014- yilda turmush qurdi, oradan bir yil o‘tgach esa juftlik ijrosidagi “Lojuvard sohil” filmi katta ekranlarda namoyish etildi. Kinofilm voqealarida juftlik munosabatlarida o‘zgarish yuzaga keladi va ular oilasini saqlab qolish maqsadida sayohatga chiqadi.
Oradan vaqt o‘tib Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashganini e’lon qildi va shundan keyin shou-shuvli sud jarayonlari boshlandi. Bu hodisa juftlikning muxlislarini hayratda qoldirdi. Ko‘plab muxlislarning fikriga ko‘ra, Anjelina Joli taqdiri qanday bo‘lishini oldindan bilgan va aynan shuning uchun ushbu kinokartinada suratga tushgan.
Irina Alferova va Aleksandr Abdulov
Alferova va Abdulov juftligi bir vaqtlar eng chiroyli va muhokamalarga sabab bo‘lgan juftliklardan biri bo‘lgan. Biroq ularning munosabatlari uncha yaxshi bo‘lmagan. Juftlik ajralishidan oldin “Yaqinlaringiz bilan ajrashmang” kinofilmida suratga tushdi. Filmdan so‘ng ularning munosabati yaxshi tomonga o‘zgardi, biroq yetti yillik turmushdan so‘ng Alferova ajrashish uchun ariza bergan. Aktrisa turmush o‘rtog‘idan charchaganini va uning xiyonati haqidagi xabarlarni eshitganini aytgan.
Konstantin Xabenskiy
Aktyor kino olamidagi faoliyatining boshida “Ayollar mulki” filmida rol ijro etdi. Uning qahramoni og‘ir kasallikka chalingan ayolni sevib qoladi. Film oxirida ayol vafot etadi. Xabenskiy hayotda ham shu fojiani boshdan kechiradi: 2008-yilda uning rafiqasi Anastasiya vafot etadi, bunga homiladorlik paytida yuzaga kelgan miya shishi sabab bo‘lgan.
Aktyor Anastasiyani qutqarishga harakat qildi va eng yaxshi rus va xorijiy shifokorlarga murojaat qildi, ammo, afsuski, hech kim aktyorning xotiniga yordam bera olmadi.
Nonna Mordyukova
Nonna Viktorovna o‘g‘li Vladimir Tixonov bilan “Rossiya dalasi” filmida rol o‘ynagan, film sujetiga ko‘ra, aktrisaning qahramoni o‘lgan o‘g‘li vidolashishi kerak bo‘lgan. Aktrisa bu rolga ko‘nika olmagan va onasi bolasini dafn etayotganini o‘ylab, doimo dahshatga tushgan.
“U Damanskiy orolida o‘lik askar rolini o‘ynadi. O‘lgan chegarachilar dafn etilgan oxirgi manzara men uchun chidab bo‘lmas edi. U yonimga o‘tirdi va ko‘ndirdi: Onam! Men shu yerdaman! Tirikman. Bu film'” —, deydi Mordyukova.
Ammo tarix haqiqatdan ham takrorlandi. Aktrisaning o‘g‘li Vladimir yurak yetishmovchiligidan vafot etganida 40 yoshda edi. Nonna Viktorovna umrining oxirigacha uning erta vafot etganini unutolmay yashadi.
Mavzuga doir: