Soyada pul sanayotgan onaxon, yerda o‘tirib videoqo‘ng‘iroq qilayotgan qiz, fontan bo‘yayotgan ishchi. Toshkentda yoz
Iyun oyi oxirida O‘zbekiston aholisi kuchli issiqning birinchi to‘lqinini boshdan kechirdi. 25–iyundan boshlab maksimal havo harorati kundan kunga oshib bordi. Ayrim hududlarda havo harorati 46 grasdusgacha ko‘tarilgani qayd etildi. Keyingi kunlarda esa nisbatan salqin havo kutilishi, 3-iyulda shimoliy hududlarda, 4–5-iyul kunlari esa O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati yoz fasli uchun 30–33 daraja bo‘lgan qulay qiymatlargacha pasayishi, so‘ng bir necha kun davomida 34–37 daraja, janubda 38–40 daraja atrofida saqlanib turishi xabar qilingandi. Shunga qaramay, respublikaning deyarli barcha hududlarida, jumladan, Toshkent shahrida ham havo nisbatan issiqligicha qolmoqda. Poytaxtning ayrim ko‘chalarida kezgan “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinovaning kamerasi kunning qoq o‘rtasidagi jaziramada jon saqlayotgan, kundalik yumushlari bilan yurgan va ishlayotgan aholini “kuzatdi”.
Izoh (0)