Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi