Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2022-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston Braziliyadan 5,4 million dollarga qoramol go‘shti import qildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston faqat shu yildan boshlab Braziliyada go‘sht sotib olmoqda – 2021-yilda bunday import bo‘lmagan.

Kuchli o‘sishga qaramay, O‘zbekiston go‘shtni asosan Belarusdan sotib olishda davom etmoqda — besh oy ichida import 44,8 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 83,1 foizga ko‘p.

Joriy yilda go‘sht importiga jami 81,2 million dollar sarflandi. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir.

Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistondan rekord miqdorda chorva mollari import qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)