Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 25-iyun kuni 139 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 240 345 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 10 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,
  • 56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent shahrida 15 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237882 (+25) nafarga yetgan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda koronavirus omikron shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlanganini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati bir necha kundan buyon ortmoqda. Xususan,  24-iyunda — 119 kishida, 22-iyunda — 98 kishida, 19-iyunda — 93 kishida, 18-iyunda 108 kishida, 17-iyunda 90 kishida, 16-iyunda 59 kishida kasallik qayd etilgan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda asosan 20-29 yoshdagi fuqarolar orasida kasallanish holati kuzatilmoqda. Bu yosh toifasidagi bemorlar umumiy ro‘yxatga olinganlarning chorak qismini tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi