Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasining 2-turi doirasida Chexiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida 17 yoshli Gavi gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa Gavi Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Yarim himoyachi 17 yosh-u 304 kunlik vaqtida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Xavbek Ispaniya terma jamoasining boshqa bir yosh a’zosi Ansu Fatining rekordini yangiladi. Fati 2020-yil sentabr oyida Ukraina darvozasiga gol urgan vaqtida 17 yosh 311 kunlik edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!