Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 27—31-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “80—90-yillar xitlari” nomli konsert dasturini taqdim etdi. “Daryo” muxbirlari konsertga tashrif buyurib, foto va video reportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

—  “Nostalgy” konsert dasturini o‘tkazaylik deganimda Yulduz opangiz “yo‘q” degandi. Chunki O‘zbekistonda konsertda faqat yangi qo‘shiqlar bo‘lishi kerak, degan tushuncha bor. Xorijda, xususan, Turkiyada bunday emas. Yangi qo‘shiqni hamma tomoshabin ham bir zumda tushunib, uni his qilolmaydi. Avvalgi konsert arafasida kassada muxlislar fikrini o‘rganganman. Ko‘pchilik muxlislar eski qo‘shiqlar ham repertuarga kiritilishini so‘ragandi. Shu bois, 5 kunlik “Nostalgy” konsert dasturini o‘tkazishga qaror qildik, — deydi konsert rejissori va xonandaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Aslida konsert dasturi repertuariga 45 ta qo‘shiq kiritilgandi, unda keyin ular 33 taga qisqardi. Konsertning ilk kuni esa 24 ta qo‘shiq ijro etildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

— Yulduz Usmonovaning eski “xit” qo‘shiqlari juda ko‘p. Shu bois repertuarni tuzishni biroz qiynaldik. Faqatgina dardli qo‘shiqlardan biroz yiroqlashib, kayfiyat ulashuvchi qo‘shiqlarni qoldirishga qaror qildik, — deydi konsert muharriri Lola Sobirova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert baletmesteri Zarina Ahmedova bo‘ldi. Uning jamoasidagi 20 ta raqqosa va 12 ta raqqoslar ajoyib raqslarga tushdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Dizayner Dildora Qosimova konsert liboslarini yaratishda retro va yangicha uslublardan mohirlik bilan foydalangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sahna bezaklarini yaratishda alvon ranglarga alohida urg‘u berildi. Chunki ilgari konsert tomosha sahnalarini bezatishda asosan shu rangdan foydalanilgan. U e’tiborni tortuvchi rang hisoblangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Nostalgy” konsertida 160 kishidan iborat orkestr guruhi ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Bolaligim, seni sog‘indim” qo‘shig‘ini butan zal jo‘r bo‘lib kuyladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xonandaning “Sanamgina”, “Uchir-uchir”, “Qizil olma” kabi retro qo‘shiqlariga butun zal raqsga tushdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert boshlovchisi qiziqchi Shukurullo Isroilov o‘zgacha imidjda sahnaga chiqdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Besh kunlik konsert bir xil qo‘shiqlardan iborat bo‘lmadi. Konsertning so‘nggi kunida muxlislar talabiga ko‘ra zamonaviy qo‘shiqlar ham ijro etildi. Masalan, Malik bilan kuylangan “Yor biyo” duyeti va “Muhabbatjon” duyetini ham ijro etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bir so‘z bilan aytganda konsert sho‘x retro qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Unda nafaqat raqs jamoasi balki xonandaning o‘zi ham miriqib raqsga tushdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nargiza Murodova va Sevara Mirzarahimova tayyorladiTasvirchi: Ilhom Xursanaliyev

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi