Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har bir ayol vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘ini boshdan kechiradi. Ko‘pchilik bu muammoni noto‘g‘ri o‘tirish yoki harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Biroq buning sababi garderobda bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? Yaxshi tomoni shundaki, muammoning yechimi juda oddiy. Bel salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchta narsadan imkon qadar kamroq foydalanish mumkin. Grazia nashri ular haqida batafsil ma’lumot berdi.

Baland poshnali tuflilar

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Muntazam ravishda baland poshnali tufli kiyadigan ayollarda bel og‘rig‘i kuzatilishi tabiiy. Ushbu turdagi poyabzallar qomatni tubdan o‘zgartiradi — bo‘ksa qism g‘ayritabiiy ravishda oldinga chiqib, belni ortiqcha zo‘riqtiradi.  Imkon qadar baland poshnali tuflilarni maxsus joylargagina kiyish yoki bel bilan bog‘liq muammolar his qilinsa, almashtirish uchun har doim qulay bo‘lgan baletka olib yurish tavsiya etiladi.

Hajman katta sumkalar

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Qizlar, albatta, juda ko‘p, ayniqsa, bir kun kelib kerak bo‘lib qoladigan narsalarni o‘z ichiga olgan og‘ir va katta sumkalarni olib yurishga odatlangan. Ushbu aksessuar tufayli yuk gavda qismiga bir tekisda taqsimlanmaydi — bo‘yin va umurtqa pog‘onasining faqat bir qismigina og‘irlikni ko‘tarib yurishga majbur. Hamisha sumkada ko‘p narsa olib yurishga to‘g‘ri kelsa, ryukzaklardan foydalanish ham qulay, ham zararsizdir.

Tor bichimdagi djinsi shimlar

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Urfning yaxshi tomoni shundaki, hozirda qizlar ko‘proq keng bichimdagi djinsi shimlarga murojaat qilmoqda, ammo ba’zilari hali ham tor djinsilar bilan xayrlashishni xohlamaydi. Albatta, bu yaxshi emas. Shimlarning tor bichimdagi modeli oyoq, son va belga bosim o‘tkazadi. Bu erkin harakatlanishga to‘sqinlik qiladi va odatdagidan ko‘ra ko‘proq bel siqilishiga olib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov