Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 18-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Paxtakor”

Foto: “Paxtakor”

“Paxtakor” safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq qo‘qonliklar oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Murod Xolmuhammedov penaltidan unumli foydalana olmadi.

O‘yindagi gol 86-daqiqaga kelib ochildi: uzoq tanaffusdan so‘ng maydonga qaytgan Dragan Cheran “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. Bahsga qo‘shib berilgan vaqtda yana “Paxtakor” darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Ivan Yosovich golga aylantirdi.

Yana bir o‘yin “Surxon” va “So‘g‘diyona” o‘rtasida kechdi. Unda jizzaxliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. “So‘g‘diyona” safida Javohir Qahramonov dubl qayd etgan bo‘lsa, Xislat Xalilov va Shohruz Norxonov bittadan golga muallif bo‘ldi. Termiz klubi safida Murodbek Bobojonov va Sardor Qulmatov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

7-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Foto: PFL

Superliga

9-tur bahslari

18-may, chorshanba

“Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” 1:1

Gollar: 0:1 – 86 Cheran, 1:1 – 90+9, penalti Yosovich.

“Surxon” — “So‘g‘diyona” 2:4

Gollar: 1:0 – 35 Bobojonov, 1:1 – 40 Xalilov, 1:2 – 45+3, penalti Norxonov, 1:3 – 75 Qahramonov, 1:4 – 90 Qahramonov, 2:4 – 90+7 Qulmatov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova