2022-yil yanvar—aprel oylarida o‘zbekistonliklar banklardan 2,2 mlrd dollar miqdorida valyuta sotib olgan. Bu haqida Markaziy bank xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 64 foizga ko‘proqdir.

Shuningdek, yil boshidan o‘zbekistonliklar banklarga 3,2 mlrd dollar miqdorida xorijiy valyuta sotgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga ko‘proqdir.

Markaziy bankka ko‘ra, bank kassalarida yetarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjud.

Banklar kassalarida naqd xorijiy valyutaning yetarli zaxiralari mavjudligi sababli chet el valyutasini olib kirish rejalashtirilmagan.

Aholiga hamda xorijlarga chet el valyutasini sotish mamlakat hududida qonuniy manbalardan milliy valyutada mablag‘lar kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.

Chet el valyutasini sotishda xorijliklarga qo‘shimcha cheklovlar mavjud emas.