Toshkent viloyati Bekobod tumani bosh imom-xatibi hamda “Dalvarzin” jome masjidi imom-xatibi Anvarjon domla Risboyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
“Alloh taolo marhum domlamizning ahli oilasi, farzand-u arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin”, – deyiladi idora ta’ziya xabarida.
Bundan avval xalq orasida Eshonbobo nomi bilan hurmat qozongan Nasriddinxon Atoyev va Qo‘qondagi “Hazrati Abbos” masjidi imomi va uning oila a’zolari vafot etgani haqida xabar berilgandi.