Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” 6-may, juma “Empoli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Milanda kechgan bahsda jami 6 ta to‘p kiritildi. Dastlab mezbonlar 5 va 28-daqiqalarda ketma-ket ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq birinchi bo‘lim yakunida “Empoli” himoyachilari o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. 45-daqiqada esa katta sahnaga Lautaro Martines chiqdi. Argentinalik hujumchi qanotdan oshirilgan to‘pni ajoyib tarzda darvozaga joylab qo‘ydi. 64-daqiqaga kelib, Martines dublni rasmiylashtirdi. Ushbu vaziyatda ham u dastlabkisidagi kabi harakatlarni amalga oshirdi. 90+4-daqiqa esa Aleksis Sanches jamoasining 4-golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa “Inter” o‘z maydonida 2 ta to‘p farqi bilan ortda borib, yakunda irodali g‘alabani tantana qildi. G‘alabadan keyin jamoaning ochkolari soni 78 taga yetdi va peshqadamga aylandi. Bitta kam o‘yin o‘tkazib, 2-o‘rinda borayotgan “Milan”ning hisobida 77 ochko mavjud.

A Seriya

36-tur bahsi

6-may, juma

“Inter” — “Empoli” 4:2

Gollar: 0:1 – 5 Pinamonti, 0:2 – 28 Aslani, 1:2 – 40, avtogol Romanyoli, 2:2 – 45 Martines, 3:2 – 64 Martines, 4:2 – 90+4 Sanches.

“Inter”: Handanovich, Dumfris (Darmian, 77), de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (Dambrozio, 70), Perishich, Brozovich, Chalxano‘g‘lu (Vidal, 70), Barella, Korrea (Sanches, 82), Martines (Jeko, 70).

“Empoli”: Vikario, Fyamossi (Benassi, 78), Romanyoli, Luperto, Parizi, Shtulas (Ismayli, 69), Bandinelli, Jurkovski (Henderson, 61), Aslani, Bayrami (di Franchesko, 61; Kutrone, 68), Pinamonti.

Ogohlantirish: Martines (65).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?