Hukumat qarori bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.
Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug‘ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g‘olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo‘lsa) yuboriladi.
Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o‘tkaziladi:
- aniq fanlar yo‘nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
- tabiiy fanlar yo‘nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.
Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi. Unga O‘zbekistonda Prezident maktablariga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi.