Angliya Premyer Ligasida aprel oyining eng yaxshisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, 4 g‘alaba va bitta durang), Tomas Frank (“Brentford”, 3 g‘alaba va bitta durang), Maykl Jekson (“Byornli”, 3 g‘alaba va bitta durang), Yurgen Klopp (4 g‘alaba va bitta durang) kabi murabbiylar kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola bo‘lgan edi. Yanvar oyida esa “Vulverhempton” ustozi Brunu Laje ushbu e’tirofga loyiq ko‘rilgandi. Fevralda esa “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Hau ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandi. Mart oyida esa Mikel Arteta eng yaxshi deb topilgandi.
Shuningdek, liga o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
- Natan Kollins (“Byornli”) — 6 ta o‘yinda 2 ta gol
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — 4 o‘yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma
- Bruno Gimaraes (“Nyukasl”) — 6 ta o‘yinda 3 ta gol va bitta golli uzatma
- Gabriel Jezus (“Manchester Siti”) — 5 o‘yinda 6 ta gol va bitta golli uzatma
- Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) — 4 ta o‘yinda 5 ta gol
- Son Hyon Min (“Tottenhem”) — 4 ta o‘yinda 4 ta gol va bitta golli uzatma
- Tiago Alkantara (“Liverpul”) — 5 ta o‘yin
- Leandro Trossard (“Brayton”) — 5 ta o‘yinda 3 ta gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!