Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya Mudofaa vazirligi 13-aprel kuni “Moskva” raketa kreyserida yuz bergan yong‘inda bir nafar odam halok bo‘lgani, 27 kishi bedarak yo‘qolganini xabar qildi, deb yozmoqda “Interfeks”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Kemadagi yong‘inni o‘chirish uchun harakatlar vaqtida bir nafar harbiy halok bo‘ldi, ekipajning yana 27 a’zosi bedarak yo‘qoldi. Qolgan 396 nafar harbiy evakuatsiya qilinib, Qora dengiz flotidagi kreyserdan Sevastopolga olib kelingan”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

“Moskva” kreyseridagi halokat oqibatida katta michman Ivan Vaxrushev halok bo‘ldi, deya bayonot bergan Sevastopol gubernatori Mixail Razvokayev. Avvalroq Vaxrushevning rafiqasi ham turmush o‘rtog‘ining halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Dastlab Rossiya Mudofaa vazirligi yong‘indan keyin kemadagi ekipaj a’zolarining hammasi evakuatsiya qilinganini bildirgan, ammo bu halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan dengizchilar haqida tarqalgan turli xabarlarga zid keladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, 13-aprelda Qora dengiz flotidagi flagmanda o‘q dorilar portlashi oqibatida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Bir sutkadan keyin vazirlik kemaning cho‘kib ketganini xabar qildi. Ukraina manbalari “Moskva” kreyseri Kiyevning “Neptun” raketasi kemaga kelib urilishi oqibatida halokatga uchraganini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi