Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina Oliy Radasi Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirganda foydalangan belgilarni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi.

Foto: “Ura.ru”

Foto: “Ura.ru”

Hujjatga ko‘ra, Z va V belgilari, Rossiya Qurolli kuchlarining ramzlari, Rossiya rejimi va Ukrainadagi “harbiy maxsus operatsiya”ning har qanday targ‘iboti taqiqlangan. Ushbu ramzlardan kiyim-kechak, ijtimoiy tarmoqlar, OAV, reklama, jamoat joylarida foydalanish mumkin emas. Ulardan “Rossiya rejimini qoralash maqsadida yaratilgan” asarlarda va Rossiyaning harakatini oqlamaydigan OAV materiallarida foydalanishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, mamlakat parlamenti deputatlar Rossiyaning Ukrainaga bosqinini genotsid deb tan olish borasidagi qarorni qabul qildi.

“Putin Rossiyasi odamlarni dushman bo‘lgani uchun o‘ldirmayapti. Ularning etnik kelib chiqishi yoki muomala tili uchun emas. Bugun ukrainaliklar Ukraina fuqarolari bo‘lgani uchun yo‘q qilinmoqda. Chunki ular shunchaki o‘z yerida yashayapti. Bugun biz rasman tan oldik: Rossiya ayni vaqtda ukrainaliklarga qarshi genotsidni amalga oshirmoqda. Shuningdek, biz butun dunyoni Bucha, Borodyanka, Irpen, Xarkov va Mariupoldagi jinoyatlar haqiqiy genotsid sifatida tan olishga chaqiramiz”, — qaror matnida.

Shuningdek, Moldova parlamenti ham uchinchi o‘qishda Georgiy lentasi, shuningdek, Z va V belgilarini taqiqlovchi kodeksga o‘zgartirish kiritishni ma’qullagan.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan atributlar va belgilarni tayyorlash, sotish, saqlash va ommaviy foydalanish uchun javobgarlik belgilangan. Ushbu tartibni buzgan fuqarolar 245 dollardan 490 dollargacha jarimaga tortiladi yoki jamoat ishlariga jalb etiladi, kompaniyalar uchun esa jarima miqdori 980 dollargacha yetishi mumkin.

Yuridik parlament komissiyasi rahbari Olesya Stamatening so‘zlariga ko‘ra, Georgiy lentasi, Z va V belgilari Ukrainadagi urush targ‘ibotida foydalanilayotgani sabab taqiqlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, taqiq Georgiy lentasini harbiy mukofotning bir qismi sifatida taqishga taalluqli emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?