Joriy yilda Rossiya iqtisodiyoti Ukrainadagi urush tufayli 10 foizga qisqaradi. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) 31-mart, payshanba kuni e’lon qilgan prognozida ma’lum qildi. Ukraina uchun YaIMning 20 foiz darajasida qulashi bashorat qilinmoqda.
Hujjatda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainaga besh hafta avval boshlangan hujumi so‘nggi 50 yildagi eng katta ta’minot zarbasini keltirib chiqardi.
Urush boshlanishidan oldin YTTB 2022-yilda Rossiyada iqtisodiy o‘sishini uch foiz, Ukrainada 3,5 foiz darajasida bo‘lishini bashorat qilgan edi.
Mavzuga doir: YTTB prezidenti Odil Reno-Basso – “Daryo”: “O‘zbekiston yangi vaziyatga tez moslashishni boshladi” (video)
Ushbu ssenariyda bank kelgusi 2023-yilda Ukraina iqtisodiyotining 23 foizga o‘sishini kutmoqda, ayni paytda kuchda qolishi kutilayotgan G‘arb sanksiyalari tufayli Rossiya iqtisodiyotidagi o‘sish nol darajasida qolishi mumkin.