Termizda mikroavtobus, Nexia va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Surxondaryo viloyati IIB YHXB yo‘l-transport hodisasiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Ma’lum qilinishicha, 3-aprel kuni soat taxminan 20:55 larda shaharning Termiziy ko‘chasida haydovchi S.M. (24 yoshli) boshqaruvida bo‘lgan Toyota miniveni Sh.M. (1995-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 hamda B.Sh. (1992-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv oqibatida Cobalt avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Holat haqida Surxondaryo viloyati FVBga soat 21:00 da xabar berilgan va yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 21:11 da bartaraf etilgan.
YTH yuzaga kelgan yong‘in oqibatida Cobalt avtomobili salonida bo‘lgan 37 yoshli yo‘lovchi J.B. voqea joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketgani, Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, Samarqandda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Qamchiqda yuk avtomobili yo‘l chetiga chiqib ketdi, Samarqandda Nexia-2 olib qochgan mast erkak Damas bilan to‘qnashdi
- Toshkentda Spark, Malibu va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
- Toshkentda Nexia piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ikki qizni urib yubordi (video)