Haftaning birinchi yarmida issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kundan kunga ko‘tarilib, chorshanba kuniga kelib kunduzi 30-33 darajaga yetadi. Bu iqlimiy me’yordan 8-10 darajaga yuqoridir.
4—5-aprelda shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarning ba’zi joylarida 7-aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat 23-28 darajagacha pasayadi.