Niderlandiya terma jamoasi ustozi Lui van Gal saraton kasalligiga chalinganini tan oldi.
“Futbolchilar bu haqida bilmaydi. Ular yonoqlarim qizarib turganini ko‘rib: “hamon tetik”, degan fikrga boradi. Albatta, bunday emas.
Prostata saratonining o‘zi 90% hollarda odamni o‘ldirmaydi. U paydo bo‘lgandan so‘ng, odamda oldindan bo‘lgan kasalliklar tufayli ahvol og‘irlashishi mumkin. Mendagi saratonning tajovuzkor formasi edi. 25 marta nur terapiyasini boshdan kechirdim.
Bu hayotimning bir qismi. Kasallik nimaligini bilaman, chunki oilamda buni boshdan kechirganman. Rafiqam saraton tufayli olamdan ko‘z yumdi. Bu shunchaki hayotning bir qismi. Ushbu tajriba tufayli, ehtimol, inson sifatida boyidim”, — deydi 70 yoshli mutaxassis.
Qayd etilishicha, mutaxassisga 2021-yilda saraton tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda oila a’zolari va yaqin do‘stlaridan boshqalar bilmagan.
Avvalroq van Gal “Manchester Yunayted”ni tijoriy klub deb atab, “Ayaks” murabbiyi Erik ten Hagga u yerga o‘tmaslikni maslahat bergan edi. Mankunianliklar ustozi Ralf Rangnik esa ushbu tanqidga javob qaytargandi.