Yevropa Chempionlar Ligasining 5-aprel, seshanba kungi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.
“Manchester Siti” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Ishtvan Kovach boshchiligidagi ruminiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. VAR tizimida italiyalik Paolo Valeri va Massimiliano Irrati ishlaydi.
“Benfika” — “Liverpul” uchrashuvi ispaniyalik Xesus Xil Mansanoga ishonib topshirilgan. Videotakrorlarda unga hamyurtlari Alexandro Ernandes va Rikardo de Burgos yordam beradi.
Ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan 6-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!