Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“PSJ” o‘z uyida “Loryan”ni qabul qildi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Neymar parijliklarning dastlabki goliga muallif bo‘ldi. 28-daqiqada Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar hisobni qisqartirdi.
67-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirgan holda, yana oradagi farqni oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Lionel Messi hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Neymar ham ikkinchi golini urdi. Kilian o‘zi dubl qayd etishdan tashqari Parij klubining qolgan uchta goliga assistentlik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin “PSJ” ochkolarini 68 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi.
Liga 1
30-tur bahslari
3-aprel, yakshanba
“PSJ” – “Loryan” 5:1
Gollar: 1:0 – 12 Neymar, 2:0 – 28 Mbappe, 2:1 – 56 Moffi, 3:1 – 67 Mbappe, 4:1 – 73 Messi, 5:1 – 90 Neymar.“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos (Ramos, 72), Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Kerer, 80), Guye, Paredes (Veynaldum, 43), Messi, Mbappe, Neymar.
“Loryan”: Dreyer, Mendes, Laport, Petro, Le Goff, Uattara (Loryante, 77), Le Fe (Lemuan, 89), Monkondyui (Igor Silva, 89), Aberjel, Moffi (Buagar, 77), Kone (Sumano, 68).
Ogohlantirishlar: Kone (38), Guye (53), Kimpembe (57).