Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) qoshida Atletlar komissiyasi tashkil etildi va uning tarkibi shakllantirildi. Atletlar komissiyasi o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Chapdan o‘ngga: Zaynab Dayibekova, Svetlana Radzivil, Nigora Tursunqulova (Bekzod Abdurahmonovning turmush o‘rtog‘i), Dmitriy Shokin, Komiljon To‘xtayev

Chapdan o‘ngga: Zaynab Dayibekova, Svetlana Radzivil, Nigora Tursunqulova (Bekzod Abdurahmonovning turmush o‘rtog‘i), Dmitriy Shokin, Komiljon To‘xtayev
Foto: MOQ

Komissiyaga taekvondochi Dmitriy Shokin rahbar etib tayinlandi, gimnastikachi Oksana Chusovitina va kurashchi Bekzod Abdurahmonov unga o‘rinbosar bo‘ldi.

Atletlar komissiyasi a’zolari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablari asosida tegishli sport federatsiyalari tomonidan tavsiya etilgan 12 nafar sportchi orasidan ovoz berish yo‘li bilan saralab olingan. Tanlovda gender tenglik ta’minlanishi, sportchilarning so‘nggi uch Olimpiya o‘yinlaridan birida ishtirok etgan bo‘lishi, qolaversa, tarkibda ham yozgi, ham qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan nomzodlar bo‘lishi talab etiladi.

Anonim tarzda o‘tgan ovoz jarayoni yakunida quyidagi sportchilar Atletlar komissiyasi tarkibiga a’zo bo‘ldi: Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Rishod Sobirov (dzyudo), Dmitriy Shokin (taekvondo), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Zaynab Dayibekova (qilichbozlik), Svetlana Radzivil (yengil atletika) va Komiljon To‘xtayev (tog‘ chang‘isi).

Tarkib aniqlab olingach, komissiya a’zolari dastlabki yig‘ilishini o‘tkazgan va o‘zaro kelishgan holda rahbariyat tarkibi shakllantirilgan.

Dmitriy Shokin

Dmitriy Shokin
Foto: MOQ

Ushbu komissiya a’zolari MOQ Bosh assambleyasi va Ijroqo‘mi tarkibiga kiritiladi. Ular muhim jarayonlarda o‘z fikrini bildirish, saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. MOQ Ijroqo‘miga Zaynab Dayibekova, Bosh assambleyaga esa Svetlana Radzivil va Komiljon To‘xtayev nomzodi taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi