Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar 300 ming dollardan ortiq naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqishga uringan ikki kishini to‘xtatib qoldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan videoda ular pullarni daftar varaqlari orasiga va kiyimlariga yashirib o‘tgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin. Shuningdek, 70 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 286 ming dollardan ortiq pulni norin, kabob, paxlava kabi yeguliklar orasiga yashirib, bojxonadan olib o‘tilishining oldi olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- DXX Qozog‘istonga 1 mln dollarga yaqin valyutani noqonuniy olib chiqishga uringan poyezd mashinistlarini qo‘lga oldi
- Sirdaryoda DXX 15 mlrd so‘mlik xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishini fosh qildi
- DXX 400 ming dollar va 4,1 mln rublni xorijga noqonuniy olib chiqib ketayotganlarni qo‘lga oldi