Rossiyada urushga qarshi namoyishlar taqiqlangan. Ammo odamlar Putinning qaroriga norozilik bildirish yo‘lini topdi — mamlakat ko‘chalarida urushni qoralovchi graffiti, varaqa va stikerlar paydo bo‘lmoqda (foto)
Rossiyada Ukrainadagi urushga qarshi tinch namoyishlar davom etmoqda, ammo amalda ular taqiqlangan. 24-fevraldan beri 7000 ga yaqin odam hibsga olindi, namoyishchilar hatto bir kishilik piketlar uchun ham ta’qib qilinmoqda. Ular jinoiy ish bo‘yicha javobgarlik va jarimalarga tortilishi mumkin. Shunga qaramay rossiyaliklar prezident Vladimir Putinning Ukrainada “harbiy operatsiya o‘tkazish” qaroriga turli yo‘llar bilan norozilik bildirishda davom etmoqda. Urush boshlanganidan beri Rossiyaning ko‘plab shaharlaridagi simyog‘ochlar, kirish va o‘tish joylarida norozilik stikerlari, yozuvlar va varaqalar paydo bo‘ldi. Ular kommunal xizmatlar xodimlari tomonidan tezda yirtib yoki bo‘yab tashlangan, ammo ba’zilari bir kun yoki kamida bir necha soat davomida saqlanib turgan. Quyida ularning suratlarini ko‘rish mumkin.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live