Garri Potter olamining sehrli dunyosi barchamizning qalbimizni zabt etib ulgurgan. Birinchi film ekranlarga chiqqaniga 20 yil bo‘ldi, aktyorlar esa bir-birlari hamon do‘st.
AdMe nashri ularning do‘stligini ko‘rsatish yosh sehrgarlar haqidagi filmlarga ozgina nostalji uyg‘otish uchun Garri Potter aktyorlari o‘rtasidagi uchrashuvlardan olingan fotosuratlarni to‘pladi.
Dunyoga Germiona Grenjer va Drako Malfoy nomi bilan tanilgan Emma Uotson va Tom Felton ajoyib do‘st. Ular plyajdagi ushbu selfini 2018-yilda olishgan. Ularning qahramonlari kinoda adovatda bo‘lishlariga qaramay, aktyorlarni doimo do‘stlik bog‘lab kelgan.
2019-yilda ular yana birgalikda vaqt o‘tkaza boshlashdi — Tom ularning Janubiy Afrikadan birga tushgan fotosuratini sahifasiga joyladi. U Emmaga gitara chalishni o‘rgatgani haqidagi yoqimli suratini baham ko‘rdi.
https://www.instagram.com/p/B1WDOOaAiYJ/?utm_source=ig_web_copy_link
Ular filmda Nevill rolini o‘ynagan Metyu Lyuis bilan ham do‘st. Bu 2018-yildagi surat.
https://www.instagram.com/p/BhoTrohD-a6/?utm_source=ig_web_copy_link
Sevimli qahramonlarimizdan yana biri Garri va Jinni Uizli. Ular 2016-yilda Jinni rolini ijro etgan Bonni Rayt “Maxfiylik” filmida bosh rolni o‘ynagan Deniel Radkliffni ko‘rgani kelganida uchrashgan. Qadrdon do‘stlarning suratga olish ishlari tugagandan keyin ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rish qanchalik yoqimli.
Ota va o‘g‘il — Lyutsius va Drako Malfoy 2017-yilda yana uchrashishdi. Ular bilan Potter seriyasining boshqa aktyorlari — Metyu Lyuis va Uorik Devis ham bor edi. Shuncha yillardan keyin Malfoylar hali ham yaqin ekan.
https://www.instagram.com/p/BP6HSXnh98K/?utm_source=ig_web_copy_link
Fred, Jorj va Ron Uizli (Jeyms va Oliver Felps va Rupert Grint) Tom Felton bilan Orlandodagi Universal Studios’ga borishdi.
https://www.instagram.com/p/ByrY-2KAjKN/?utm_source=ig_web_copy_link
2021-yilda Drako Malfoy va Uizli oilasi yana birlashishdi. Tom Felton ushbu suratga quyidagicha izoh qoldirdi: “Drako ich-ichidan doim malla bo‘lishni xohlardi”.
https://www.instagram.com/p/CV5nT2sNfJt/?utm_source=ig_web_copy_link
Bu safar golf o‘ynash va qiziqarli selfi qilish uchun 2021-yilda Tom Felton va Jeyms Felps yana ko‘rishishdi. Ularning qahramonlari qarama-qarshi tomonlarda bo‘lganiga qaramay, haqiqiy hayotda bu aktyorlar yaxshi do‘st bo‘lib qolishgan.
https://www.instagram.com/p/CN518NVgvER/?utm_source=ig_web_copy_link
Drako Malfoy va Nevill (Tom Felton va Metyu Lyuis) hayotda yaqin do‘st. 2018-yilda Tom Metyuga Slizerin xaltasini sovg‘a qilayotgan kulgili suratini joylashtirdi. 20 yil o‘tsa ham aktyorlar bir-birlariga Garri Potter bilan bog‘liq hazil qilishadi.
https://www.instagram.com/p/BmpdXg2li8Q/?utm_source=ig_web_copy_link
Ularning qahramonlari boshidanoq dushman bo‘lgan, ammo ekrandan tashqarida Deniel Redkliff va Tom Felton yaxshi do‘st.
Polumna Lavgud (haqiqiy hayotda Evanna Linch) filmda “singillari” — Keti Lyun va Skarlett Xefner rollarini o‘ynagan Cho Chang va Pansi Parkinson bilan suratga tushdi.
https://www.instagram.com/p/Bs0vSmsBE49/?utm_source=ig_web_copy_link
Potter haqidagi barcha filmlar sujetining markazida, albatta, Garri, Ron va Germiona o‘rtasidagi do‘stlik yotadi. Emma Uotsonning aytishicha, aktyorlarning messenjerda muloqot qilish uchun o‘z chatlari bor. Yaqinda Deniel Redkliff Rupert Grintni ota bo‘lgani bilan tabrikladi. Ular katta bo‘lganiga qaramay, bu sehrli do‘stlik hali ham mustahkam.
Mavzuga doir:
- “Titanik” va “Garri Potter”dagi bosh qahramonni mushuk ijro etganida film qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi? (video)
- Mashhur aktyor va aktrisalar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan film va seriallar (foto)
- “Garri Potter” ishqibozlariga manzur keluvchi 7 ta ajoyib fantastik film (foto)
- Tanish mushkul: “Garri Potter“ filmidagi Xagrid hozir qanday ko‘rinishda? (foto)